Imkoniyatlar
ModulX'da bugun nima bor
Bu sahifada faqat hozir ishlaydigan narsalar yozilgan. Rasmlar — ModulX'ning haqiqiy ekranlari.
Xona: istalgan shakl
Shaklni tanlab, uzunlik, en va balandlikni kiritasiz.
- 20 ta xona shakli: to'rtburchak, L, T, U, Z, qiya devorli, burchagi kesilgan, sakkizburchak, trapetsiya va boshqalar
- Ular orasida erkin ko'pburchak — istalgan shakl uchun
- Xona o'lchami 2 metrdan 30 metrgacha
- Bir nechta eshik va deraza

Jihozlar: stellajlar ularni aylanib o'tadi
Do'kondagi doimiy narsalarni rejaga qo'yasiz — stellajlar ularni aylanib o'tadi.
- Kassa — orqasidagi stellajlar va kassir joyi bilan
- Muzlatgich, konditsioner va kolonna
- «Bo'sh joy» — stellaj qo'yilmaydigan joy

Avtomatik terish va qoidalar
ModulX stellajlarni qoidalar bo'yicha o'zi teradi.
- Devor bo'ylab, ichki burchak, ikki tomonli qatorlar va boshi-oxiri
- Yo'lak eni do'kon maydoniga qarab tavsiya qilinadi
- Eshik oldi bo'sh qoladi
- Asosiy o'lchamlar ustuvor; tugagan o'lchamni terishdan chiqarib qo'yish mumkin
- Ogohlantirishlar: tor yo'lak, kassa oldida joy kamligi, eshik oldi to'silgani, ortiqcha bo'sh joy

Qo'lda tahrir: oxirgi so'z menejerniki
Avtomatik reja — boshlanish nuqtasi. Menejer uni sichqoncha va tugmalar bilan tez tuzatadi.
- Stellaj qo'shish, surish, burish, nusxalash va o'chirish
- Uzunlik, balandlik va tokcha qavatini o'zgartirish
- O'lchagich va masofalar: tanlangan narsadan devor va qo'shnilargacha
- Bekor qilish va qaytarish, tezkor tugmalar, buyruq qatori, «Tutorial» oynasi
- Xohlasangiz, avtomatik terishni o'chirib, hammasini qo'lda qo'yasiz
2D reja va 3D ko'rinish
Reja o'lchamlari bilan chiziladi; bir bosishda 3D'ga o'tasiz.
- O'lchamli 2D chizma: devorlar, stellajlar, yo'laklar va eshik
- Sakkizta tayyor 3D ko'rinish: burchakdan, orqadan, olddan, yondan, yuqoridan, eshikdan, kassadan va ichkaridan
- 3D'da stellaj rangi, narxgich va stopper ko'rinadi
- «Ko'rish» rejimi: reja butun ekranda, tahrirlash belgilarisiz — mijozga ko'rsatish uchun

Stellajlar ro'yxati, PDF va Excel
Reja tayyor bo'lishi bilan ro'yxat ham tayyor.
- Natijalar paneli: maydon, stellajlar soni va yo'laklar
- Ro'yxatda har stellajning turi, o'lchami, balandligi, tokcha qavati va soni
- PDF (A4): reja, ro'yxat va uchta 3D rasm
- Excel: stellajlar ro'yxati
Mijozga havola
Do'kon egasi rejani tizimga kirmasdan, telefonida ochadi.
- Faqat ko'rish uchun: 2D, 3D va ro'yxat
- 3D'da o'sha sakkizta ko'rinish
- Havolani bekor qilish mumkin
- Mijoz havolani necha marta ochgani ko'rinadi


Jamoa va loyihalar
Loyihalar kompaniyaning hamma menejerlari uchun umumiy: birga ko'radi va tahrirlaydi.
- O'zi saqlanadiLoyihadagi o'zgarishlar avtomatik saqlanadi.
- Ikki kishi bir vaqtdaModulX qaysi variant qolishini so'raydi: bilmasdan ustidan yozib bo'lmaydi.
- QulflashTayyor loyiha qulflanadi.
- SavatO'chirilgan loyiha 30 kun savatda turadi — tiklash mumkin.
- Administrator va menejerHar qurilmadagi kirishlar ro'yxati; keraksizini chiqarib yuborish.
- Zaxira nusxaLoyihalarning zaxira nusxasi har kecha olinadi.
Kompyuter, planshet va smartfon
ModulX brauzerda ishlaydi — o'rnatish shart emas.
- Kompyuter, planshet va smartfon brauzerida
- Yorug' va qorong'i mavzu
- Internet kerak: ModulX onlayn ishlaydi



Bu ro'yxatda faqat bugun ishlaydigan narsalar
Hozir ModulX'da nima yo'qligini ham ochiq yozdik.
Savol-javobda ko'rishMijozingizga rejani shu kuni bering
Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.