Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Javob topmasangiz, so'rov qoldiring — o'zimiz bog'lanamiz.

Umumiy

ModulX nima?

Do'kon uchun stellaj rejasini tuzadigan veb-tizim. Xona o'lchami kiritiladi — ModulX stellajlarni qoidalar bo'yicha o'zi teradi. Natija: o'lchamli 2D reja, 3D ko'rinish, stellajlar ro'yxati, PDF va Excel, mijozga havola.

Kimlar uchun?

Savdo stellaji sotuvchilari va importchilar, stellaj ishlab chiqaruvchilar va do'kon jihozlovchi firmalar uchun.

Narxi qancha?

Narx hozircha e'lon qilinmagan. Narx haqida so'rov qoldiring — siz bilan bog'lanamiz.

Narxni so'rash
Demo qanday o'tadi?

Taxminan 10 daqiqa. Oldindan mijozingiz do'konining uzunligi va enini, eshik va kassa qayerdaligini so'raymiz — rejani shu o'lchamlar bilan birga tuzamiz: 3D, PDF va havolagacha. Reja ModulX'dagi tayyor stellaj katalogi bilan tuziladi, sizning stellajlaringiz bilan emas.

Ishlatish

O'rnatish kerakmi? Telefonda ishlaydimi?

O'rnatish kerak emas: ModulX brauzerda ishlaydi — kompyuter, planshet va smartfonda.

Internet kerakmi?

Ha, ModulX onlayn ishlaydi.

Mijozim tizimga kirishi kerakmi?

Yo'q. Siz yuborgan havolada u rejani telefonida ko'radi: 2D, 3D va ro'yxat. Havolani bekor qilish mumkin; mijoz uni necha marta ochgani ko'rinadi.

Bir nechta menejer birga ishlay oladimi?

Ha. Loyihalar kompaniyaning hamma menejerlari uchun umumiy: birga ko'radi va tahrirlaydi. Ikki kishi bir vaqtda o'zgartirsa, ModulX qaysi variant qolishini so'raydi.

Loyihalar qayerda saqlanadi?

Serverda, o'zgarishlar avtomatik saqlanadi. Har kecha zaxira nusxa olinadi. O'chirilgan loyiha 30 kun savatda turadi — uni tiklash mumkin.

Stellajlar va cheklovlar

Qanday stellajlar bilan ishlaydi?

Savdo stellajlari bilan: devor bo'ylab, ichki burchak, ikki tomonli va boshi-oxiri. Ombor stellajlari (pallet, polkali) hozir yo'q.

Mening stellajlarim bilan ishlaydimi?

Hozir ModulX bitta tayyor stellaj katalogi bilan ishlaydi; sizning stellajlaringiz unda yo'q. Katalogingizni yuborsangiz, mos kelish-kelmasligini aytamiz.

ModulX qaysi tilda?

Interfeys o'zbek tilida (lotin yozuvi). Rus tilidagi interfeys hozir yo'q.

Hozir ModulX'da nima yo'q?
  • kompaniyangiz uchun alohida hisob — o'z foydalanuvchilari va loyihalari bilan;
  • o'z stellaj katalogingiz va narxlaringiz;
  • narx hisobi;
  • PDF va havolada kompaniyangiz nomi va logotipi;
  • rus tilidagi interfeys;
  • ombor stellajlari;
  • o'zingiz ro'yxatdan o'tib sinash.

Mijozingizga rejani shu kuni bering

Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.

Demo so'rash