Qanday ishlaydi
Xonadan tayyor rejagacha besh qadam
Hammasi brauzerda. Rasmlar — ModulX'ning haqiqiy ekranlari; namuna do'kon 10 × 7 m.
-
1
Xona
Shaklni tanlab, o'lchamini kiritasiz: uzunlik, en va balandlik. 20 ta tayyor shakl bor, ular orasida erkin ko'pburchak — istalgan xona uchun.

-
2
Eshik va jihozlar
Eshik va derazalarni, kassa, muzlatgich, konditsioner va kolonnani joyiga qo'yasiz. Stellaj kerak bo'lmagan joyni «Bo'sh joy» bilan belgilaysiz.
Jihozni asboblar panelidan tanlab, rejada joyini bosasiz; stellajlar uni aylanib o'tadi. -
3
Avtomatik terish
O'lcham kiritilishi bilan ModulX stellajlarni o'zi teradi: devor bo'ylab, burchaklarda, o'rtada ikki tomonli qatorlar, qator uchida boshi-oxiri. Yo'lak eni maydonga qarab tavsiya qilinadi, eshik oldi bo'sh qoladi.
Devor bo'ylab Ichki burchak Ikki tomonli Boshi-oxiri
Bu do'kon 70 kv.m: ModulX 110–140 sm yo'lak tavsiya qildi. -
4
Tekshirish va tuzatish
Natijalar panelida maydon, stellajlar soni, yo'laklar va ogohlantirishlar ko'rinadi. Menejer stellajni suradi, uzunligini o'zgartiradi yoki o'chiradi; xato bo'lsa, ModulX ogohlantiradi.

-
5
Natija mijozga
3D'da tekshirasiz, PDF yoki Excel olasiz, mijozga havola yuborasiz. Hammasi shu kuni.

Natija
Mijozingiz nima oladi
- 2D rejaO'lchamlari bilan: devorlar, stellajlar, yo'laklar, eshik.
- 3D ko'rinishSakkizta tayyor ko'rinish, eshikdan va kassadan ham.
- Stellajlar ro'yxatiTuri, o'lchami, balandligi, tokcha qavati va soni.
- PDF, Excel va havolaFaylni berasiz yoki havolani telefoniga yuborasiz.
Rejani keyin ham o'zgartirsa bo'ladi
Loyiha saqlanib qoladi, jamoangiz uni ko'radi va o'zgartiradi. Mijoz o'zgartirish so'rasa, rejani qaytadan chizmaysiz — kerakli joyini tuzatasiz.
Mijozingizga rejani shu kuni bering
Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.