3D ko'rinish
Sakkizta tayyor ko'rinish: burchakdan, orqadan, olddan, yondan, yuqoridan, eshikdan, kassadan va ichkaridan. «Ko'rish» rejimida reja butun ekranni egallaydi — mijozga ko'rsatish uchun.
Savdo stellaji sotuvchilari uchun
Menejeringiz mijozning do'koni uchun 2D reja, 3D ko'rinish, stellajlar ro'yxati va PDF'ni bir necha daqiqada tayyorlaydi. Mijozingizga shu kuni berasiz.
ModulX'ni KingRax menejerlari har kuni ishlatadi.
Natija
Sakkizta tayyor ko'rinish: burchakdan, orqadan, olddan, yondan, yuqoridan, eshikdan, kassadan va ichkaridan. «Ko'rish» rejimida reja butun ekranni egallaydi — mijozga ko'rsatish uchun.
Do'kon egasi rejani tizimga kirmasdan, telefonida ko'radi: 2D, 3D va ro'yxat. Havola faqat ko'rish uchun; uni bekor qilish mumkin.


PDF'da reja, stellajlar ro'yxati va uchta 3D rasm. Excel'da stellajlar ro'yxati.
Qanday ishlaydi
Xona shakli va o'lchamini kiritasiz, eshik, kassa va jihozlarni joyiga qo'yasiz.
ModulX stellajlarni qoidalar bo'yicha o'zi teradi. Kerak bo'lsa, menejer tuzatadi.
2D reja, 3D, ro'yxat, PDF va havola — mijozingizga shu kuni.
Nega ModulX
Qog'ozda yoki chizma dasturida chizish sekin. ModulX'da xona o'lchami kiritilishi bilan stellajlar o'zi teriladi.
Yo'lak eni do'kon maydoniga qarab tavsiya qilinadi, eshik oldi bo'sh qoladi. Yo'lak tor bo'lsa yoki kassa oldida joy kam bo'lsa, ModulX ogohlantiradi.
3D'da eshikdan, kassadan va ichkaridan ko'rinish bor. Havolani mijozga yuborasiz — u rejani telefonida aylantirib ko'radi.
Loyihalar hamma menejerlar uchun umumiy va o'zi saqlanadi. Tayyor reja qulflanadi, o'chirilgani tiklanadi.
Qurilmalar
ModulX brauzerda ishlaydi: o'rnatish shart emas.

Kimlar uchun
Reja, ro'yxat va PDF bir necha daqiqada tayyor — mijozingizga shu kuni berasiz.
Sotuv bo'limi tezroq ishlaydi; mijozga do'konini 3D'da ko'rsatasiz.
Mijozga 3D ko'rsatasiz va rejani shu kuni berasiz.
Demo so'rang: mijozingiz do'konining o'lchamlari bilan rejani birga tuzamiz.